Viloyat hokimi Bahodir Poʻlatov hamda Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi “Arch Design Service” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga koʻra, “Termiz city” zamonaviy kompleksini shaharning 3 ta — Islom Karimov hamda yangi qurilayotgan Loyihaviy 7-7 koʻchalari kesishuvidagi 11 gektar, A.Navoiy nomli koʻcha yoqasida barpo etilayotgan “Yashil dunyo” savdo kompleksi yonidagi 25 gektar, Beruniy va Istiqlol koʻchalari tutashgan boʻsh yer maydonidagi 4,2 gektar hududida qurish rejalashtirilgan.