O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining  2018 yil Investitsiya dasturi ijrosi boʻyicha 2018 yil 1 yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 

STATISTIK MA’LUMOTLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga asosan, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq, 2018 yilda markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobiga 1114 taijtimoiy soha obʼektlarining qurilishi, rekonstruktsiya  va kapital taʼmirlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, jumladan 17 tasi avvalgi yillardan oʻtuvchi va 1097 tasi yangidan boshlanuvchidir.

Investitsiya dasturiga kiritilgan 1114 ta obʼektlardan, 14tasi akademik litsey va kasb-hunar obʼektlari, 356 tasi umumtaʼlim maktablari, 305 tasi sogʻliqni saqlash, 367 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 6 tasi musiqa va sanʼat maktablari, 66 tasi vazirlik va idoralarning obʼektlaridir.

Joriy yilning 5 iyul xolatiga yangidan boshlanuvchi 1097 ta obʼektlardan1036 (93%) tasiga loyiha-smeta xujjatlari tayyorlangan boʻlib, 908(82%) tasiga davlat ekspertiza xulosasi olingan,691(62%) tasiga pudrat tashkilotlari aniqlangan, 665(60%) tasiga moliyalashtirish ochilgan.

Dasturga kiritilgan 1 036 ta obʼektlarda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan boʻlib, 78 ta obʼektlarda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi yakunlanmagan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 7 ta, Andijon – 10 ta, Buxoro – 1 ta, Jizzax – 2 ta, Qashqadaryo – 5 ta, Samarqand –4 ta, Surxondaryo- 1 ta, Sirdaryo- 14 ta, Toshkent viloyati – 23 ta, Fargʻona – 3 ta, Toshkent shahri – 7 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligi – 1 ta obʼektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining muddatida tayyorlanishi nazoratga olinmagan.

Ishlab chiqilmagan loyiha–smeta xujjatlarining 75 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 1 tasi musiqa va sanʼat maktabi, 1 tasi sogʻliqni saqlash muassasasi, 1 tasi Sogʻliqni saqlash vazirligi obʼekti hissasiga toʻgʻri keladi.

Qurilish ishlarida o‘sish kuzatilmoqda

2019 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 38 984,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmida yirik qurilish-pudrat tashkilotlarining ulushi 9 479,7 mlrd so‘m, kichik korxona va mikrofirmalarniki  21 272,5 mlrd so‘m va norasmiy sektorniki 8 232,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.


Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda mos ravishda 13,6 foiz ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi yirik qurilish-pudrat tashkilotlarining ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 1,2 foiz punktga kamaygan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganini kuzatish mumkin. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 foizi to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,3 foiz punktga ko‘payganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,8 foizni tashkil etgan holda 21 272,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,1 foiz punktga kamayib, 21,1 foizni tashkil etdi va 8 232,7 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 109,0 foizni tashkil etgani kuzatildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlarining 76,8 foizi yoki 29 927,2 mlrd so‘m miqdoridagi ishlar yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar joy va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni barpo etishga qaratilgan. Yilning shu davrida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 8 371,0 mlrd so‘mlik (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 88,3 foiz), kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 14 069,2 mlrd so‘mlik (66,1 foiz), norasmiy sektor tomonidan esa 7 487,0 so‘mlik (90,9 foiz) yangi qurilish ishlari bajarilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi loyihalarni ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan binolar hamda noturar joy binolarini qurish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlardan tashkil topdi. Xususan, jami qurilish ishlaridan binolar va inshootlarni bunyod etish 72,9 foizni, fuqarolik ob’yektlarini qurish 13,6 foizni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 13,5 foizni tashkil etgan.

Mazkur qurilish ishlarida yirik qurilish tashkilotlari ulushi 21,7 foizni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kamaygan), kichik korxona va mikrofirmalarning ishtiroki 49,9 foizni (6,1 foiz punktga ko‘p) va norasmiy sektordagi ulush 28,4 foizni (2,5 foiz punktga kam) tashkil etgan.

Fuqarolik ob’yektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 42,8 foizni tashkil etdi va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,5 foiz punktga ko‘paydi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 54,5 foiz (7,7 foiz punktga kamayish) va norasmiy sektorning ulushi 2,7 foizni (0,8 foiz punktga kamayish) tashkil etdi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmining ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 foiz punktga ko‘payib, 19,7 foizni tashkil etdi. Qolgan 80,3 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 foiz punktga kamaydi.

Hududlar kesimida olib qaralganda, qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31,0 foiz), Toshkent shahrida (29,2 foiz), Navoiy (29,0 foiz), Surxondaryo (24,2 foiz) Qashqadaryo (11,2 foiz) viloyatlarida ko‘rish mumkin.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlarning jami hajmidagi ulushi Samarqand (viloyatdagi jami qurilish ishlari hajmining 1,4 foiz yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 148,7 foiz), Jizzax (mos ravishda 3,4 foiz, 256,5 foiz) va Sirdaryo (3,4 foiz, 143,3 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
 

« Qaror va ijro: Shaffof qurilish – chinakam adolatli tizim Prezident Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ochib berdi »

Foydali Sahifalar